Oʻzbekistonlik oʻquvchi qizlar xalqaro matematika olimpiadasida gʻolib boʻldi

Oʻzbekistonlik oʻquvchi qizlar xalqaro matematika olimpiadasida gʻolib boʻldi

Joriy yilning 11-17-aprel kunlari Kosova Respublikasida Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

 

Unda Oʻzbekiston terma jamoasi qizlari 3 ta medalni qoʻlga kiritdi:

 

 

Dildora Mahkamova — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf oʻquvchisi — kumush medal;

Malika Xojamuratova — Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi — bronza medal;

Nastarin Kamolova — Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf oʻquvchisi — bronza medal.

 

 

Ushbu fan olimpiadasida 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin oʻquvchi qiz qatnashgan. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada ilk marotaba ishtirok etdi.