27-aprel attestatsiya natijalari: matematika o‘qituvchilari orasida yuqori ballar qayd etildi

27-aprel attestatsiya natijalari: matematika o‘qituvchilari orasida yuqori ballar qayd etildi

Bugun, 27-aprel kuni umumtaʼlim maktablarining matematika fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya test sinovlari boʻlib oʻtdi.

 

Maʼlumki, 2026-yil 7-apreldan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun fanlar kesimida malaka (test) sinovlari boshlandi.

 

Bugun oʻtkazilgan attestatsiya jarayonida bir qator oʻqituvchilar yuqori natijalarni qayd etdi.

 

Jumladan:

 

– Fargʻona viloyati Oltiariq tumani 38-maktabning matematika fani oʻqituvchisi Husnida Oʻrinboyeva — 90 ball;

 

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani 2-sonli maktabning matematika fani oʻqituvchisi Dilshod Tolibayev — 94 ball;

 

– Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani oʻqituvchisi Jahongir Mirzaqulov — 98 ball;

 

– Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi Shoyim Qoʻchqorov — 90 ball;

 

– Samarqand viloyati Ishtixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani oʻqituvchisi Charos Oʻktamova — 96 ball;

 

– Xorazm viloyati Xiva shahar 1-son IMI ning matematika fani oʻqituvchisi Umidbek Solayev — 88 ball;

 

– Xorazm viloyati Xiva shahar 1-son IMI ning matematika fani oʻqituvchisi Sanjarbek Atajanov — 88 ball;

 

– Xorazm viloyati Xiva shahar 1-son IMI ning matematika fani oʻqituvchisi Jalilbek Xudarganov — 82 ball;

 

– Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 26-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi matematika fani oʻqituvchisi Sharqiya Soliyeva — 94 ball;

 

– Jizzax viloyati Jizzax shahar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani oʻqituvchisi Jasur Mamatov — 90 ball;

 

– Navoiy shahar 14-maktab matematika fani oʻqituvchisi Turdiyeva Shohista — 94 ball;

 

– Navoiy viloyati Navoiy shahar 11-AFCHOʻIM matematika fani oʻqituvchisi Choriyev Avazbek — 90 ball;

 

– Navoiy viloyati Zarafshon shahar 3-maktab matematika fani oʻqituvchisi Shonazarova Nargiza — 90 ball;

 

– Navoiy shahar 12-IDUM matematika fani oʻqituvchisi Muzaffarova Zarifa — 88 ball;

 

– Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani oʻqituvchisi Shohjahon Mamadaliyev — 88 ball toʻplagan.

 

Eslatib oʻtamiz, malaka toifa sinovlarida test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fan oʻqituvchilari uchun alohida vaqt meʼyorlari belgilangan.

 

Avvalroq, 25-aprel kuni ushbu sinovlarda yuqori natija qayd etgan ona tili fani oʻqituvchilari roʻyxati eʼlon qilingan edi.

 

Oʻz natijalaringiz haqida bizga xabar berish uchun @talimxabarlariga_bot orqali bogʻlanishingiz mumkin.