Xorijiy tillar boʻyicha yuqori natijaga erishgan yoshlarga 80 mlrd 42 mln soʻm kompensatsiya pullari qoplab berilgan. Bu haqda Yoshlar ishlar agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko’ra, 42 779 nafar yoshning imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab berilgan.
E’tiborlisi shundaki, 2024-yilda birgina IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilga nisbatan 5 baravarga, 7-8 ball (C1 daraja)ni qoʻlga kiritganlar 7,4 baravarga, 8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar esa 23,7 baravarga oshgani kuzatildi.
Eslatib o’tamiz, Prezidentning tegishli qaroriga asosan, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladigan minimal daraja bir pogʻonaga yaʼni B2 va unga tenglashtirilgan darajaga tushirildi hamda imtihon xarajati qoplab berilishi yoʻlga qoʻyilgan.
