Xotin-qizlarga 2000 ta Grant uchun tavsiyanoma qachon beriladi?

Xotin-qizlarga 2000 ta Grant uchun tavsiyanoma qachon beriladi?

Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 30-maydan 8-iyunga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

 

 

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

 

• Kam ta’minlangan oila farzandi bo’lgan qizlarga;

 

• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;

 

• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;

 

• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;

 

• Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;

 

• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

 

 

Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

 

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.