23-dekabr kuni boshlangan ro‘yxatga olish jarayonlari 29-dekabr kuni yakunlanadi. To‘lovlar esa 30-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.
Test sinovlari kimyo fani bo‘yicha 25-yanvar, biologiya fani bo‘yicha 26-yanvar kuni o‘tkaziladi. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.
Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

