2026-yil 7-noyabrdan 20-noyabrgacha bo’lib o’tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar «Mening arizalarim» bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
