O‘zbekistonlik yoshlar Germaniyada qurilish yo‘nalishida ta’lim olishi mumkin

O‘zbekistonlik yoshlar Germaniyada qurilish yo‘nalishida ta’lim olishi mumkin

Germaniyada qurilish sohasi bo‘yicha kasbiy ta’lim va keyinchalik ish bilan ta’minlanish imkonini beruvchi Ausbildung dasturiga qabul boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Dasturga 18–25 yoshdagi 16 nafar nomzod saralab olinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Germaniyada 2027-yil kuzida boshlanadigan Ausbildung dasturi doirasida o‘zbekistonlik yoshlar qurilish yo‘nalishida kasbiy ta’lim olishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Dastur ishtirokchilariga ta’limning birinchi yilida oyiga 885 yevro stipendiya to‘lanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Uni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar Germaniyada doimiy ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bunda oylik ish haqi kamida 2 400 yevroni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  • 18–25 yosh oralig‘ida bo‘lish;
  • nemis tilini B1 darajada bilish va tegishli sertifikatga ega bo‘lish;
  • maktab attestati yoki kasbiy ta’lim diplomiga ega bo‘lish.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Dastur uchun jami 16 nafar nomzod saralab olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Arizalar 2026-yil 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot olish uchun: xorijdaish.uz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Qo‘shimcha savollar bo‘yicha 1282 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠