Maktablarda voleybol sport turi ommalashtiriladi: ixtisoslashgan klublar va musobaqalar tashkil etiladi

Maktablarda voleybol sport turi ommalashtiriladi: ixtisoslashgan klublar va musobaqalar tashkil etiladi

2026-yil 1-dekabrdan boshlab har bir tuman va shahardagi kamida bitta maktabda voleybolga ixtisoslashgan sport klubi tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, maktab klublari o‘rtasida “Kelajak yulduzlari” musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindor ta’lim tashkilotlari har yili sport jihozlari bilan ta’minlanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hukumatning 2026-yil 25-noyabrdagi 641-son qarori bilan voleybol sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlari belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab har bir tuman (shahar)da kamida bitta umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida voleybolga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu maktablarda voleybolni rivojlantirish uchun tegishli tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Klublar zarur sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, ulardagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tavsiyasi asosida, istisno tariqasida, sport razryadisiz malaka oshirish kurslaridan o‘tishga ruxsat etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, 2026/2027-o‘quv yili yakuniga qadar voleybol infratuzilmasi mavjud barcha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida voleybol to‘garaklari tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yil 1-dekabrdan boshlab voleybolga ixtisoslashtirilgan maktab klublari o‘rtasida “Kelajak yulduzlari” musobaqasini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari har yili O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan zarur sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston voleybol akademiyasini tashkil etish taklifi ma’qullandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Akademiyaning asosiy vazifalari qatoriga voleybol bo‘yicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ko‘maklashish, o‘quv dasturlari va metodologiyani yangilash hamda mashg‘ulotlarga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qarorda 2030-yilgacha voleybolni rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsadlar ham belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini 1 million nafarga, doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 50 ming nafarga, trenerlar sonini esa 1 200 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, maktablarda yakka kurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida bittadan sport to‘garaklari ochilishi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠