2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,6 foizga oshdi. Eng katta ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 34,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning yanvar–sentabr oylariga nisbatan 19,6 foizga ko‘p.
Hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan — 18,6 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati 2,3 trln so‘m va Farg‘ona viloyati 2,1 trln so‘m bilan qayd etilgan.
Qolgan hududlarda ta’lim xizmatlari hajmi quyidagicha bo‘lgan:
- Namangan viloyati — 1,7 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 1,7 trln so‘m;
- Buxoro viloyati — 1,5 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 1,5 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 1,2 trln so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 trln so‘m;
- Xorazm viloyati — 948,5 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 929,6 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati — 524,1 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati — 513 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 349,1 mlrd so‘m.
Ma’lumot uchun, statistikada ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi aks ettirilgan.
Avvalroq, 5 oy ichida ta’lim xizmatlariga qancha pul sarflangani haqida ma’lumot bergan edik.
