O‘zbekistonliklar 5 oyda ta’lim xizmatlariga qariyb 19 trln so‘m sarfladi

O‘zbekistonliklar 5 oyda ta’lim xizmatlariga qariyb 19 trln so‘m sarfladi

2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 18,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 18,8 trln so‘mni tashkil etgan.

 

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan.

 

Qayd etilishicha, ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim xizmatlari eng katta ulushni egallagan bo‘lib, jami xizmatlarning 44,7 foizi aynan ushbu sohaga to‘g‘ri kelgan.

 

Hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda ta’lim xizmatlari hajmi 9,7 trln so‘mni tashkil qilgan.

 

Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (1,3 trln so‘m), Farg‘ona viloyati (1,1 trln so‘m), Andijon viloyati (918,9 mlrd so‘m), Toshkent viloyati (908,4 mlrd so‘m) hamda Namangan viloyati (901,3 mlrd so‘m) qayd etilgan.

 

Shuningdek, Buxoro viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 799 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 782,2 mlrd so‘m, Xorazmda 578,9 mlrd so‘m, Surxondaryoda 577,5 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘istonda 533,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 

Eng past ko‘rsatkichlar esa Jizzax (279,9 mlrd so‘m), Navoiy (244,4 mlrd so‘m) hamda Sirdaryo (192,1 mlrd so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.