Kembrij lug‘ati 2026-yil so‘zini e’lon qildi

Kembrij lug‘ati 2026-yil so‘zini e’lon qildi

Kembrij lug‘ati (Cambridge Dictionary) 2026-yilning eng asosiy so‘zi sifatida “human” so‘zini tanladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tanlov sun’iy intellekt rivojlanayotgan bir paytda inson ijodi va tabiiylikka qiziqish ortayotgani bilan izohlangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Kembrij lug‘ati 2026-yilning so‘zi sifatida “human” (sifat, ya’ni insoniy, insonga oid) so‘zini e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ingliz tilida “human” so‘zi inson yoki odamlarga tegishli bo‘lgan narsalarni anglatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, u insonni mashinalardan ajratib turuvchi sifat va xususiyatlarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Kembrij lug‘ati muharrirlari bu yilgi tanlovni sun’iy intellektning kundalik hayot va ijodiy jarayonlarga keng kirib kelayotgani bilan bog‘lagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ularning ta’kidlashicha, buning natijasida inson tomonidan yaratilgan kontent va ijodiy ishlarga qiziqish ortmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Sun’iy intellekt hukmron bo‘lgan dunyoda inson ijodi, muloqoti va tabiiyligiga bo‘lgan qiziqish yangidan ortmoqda”, — deyiladi Kemrij lug‘ati’ning yil so‘ziga bag‘ishlangan sahifasida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu yil inson tabiati va texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq “humanmaxxing” va “friction-maxxing” kabi atamalar ham e’tibor markazida bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Humanmaxxing” insonning jismoniy imkoniyatlari va farovonligini maksimal darajaga chiqarishga intilishini anglatsa, “friction-maxxing” raqamli texnologiyalarga qaramlikni kamaytirish maqsadida ayrim kundalik ishlarni ataylab an’anaviy yoki noqulayroq usulda bajarishni anglatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, Kembrij lug‘ati 2025-yilning so‘zi sifatida “parasocial” (parasotsial) atamasini tanlagan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu atama odamning shaxsan tanish bo‘lmagan mashhur shaxs yoki boshqa bir inson bilan o‘zini hissiy jihatdan bog‘langan deb his qilishi bilan bog‘liq munosabatni anglatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠