Farzandini inklyuziv ta’lim sinfiga joylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Farzandini inklyuziv ta’lim sinfiga joylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

O‘zbekistonda farzandini inklyuziv ta’lim sinfiga bermoqchi bo‘lgan ota-onalar qanday tartibda murojaat qilishi va buning uchun qaysi hujjatlarni taqdim etishi kerak?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ota-onalar farzandini inklyuziv ta’lim sinfiga joylashtirish uchun yashash hududidagi maktab yoki tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunda bolani inklyuziv sinfga qabul qilish uchun tegishli komissiya xulosasi talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalo, ota-onalar yashash hududida inklyuziv sinf tashkil etilgan maktab haqida ma’lumot olishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasi huzuridagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini olish kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Buning uchun yashash joyidagi tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Markaz tomonidan ota-onaning mobil telefon raqamiga komissiya o‘tkaziladigan sana va joy haqida SMS xabar yuboriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bolani ko‘rikdan o‘tkazish ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Inklyuziv sinfga qabul qilish uchun qanday hujjatlar kerak?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktab rahbariyatiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

  • ota-onaning arizasi;
  • psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi;
  • bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh shifokori imzolagan rivojlanish tarixidan batafsil ko‘chirma.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Agar bola ilgari boshqa ta’lim muassasasida o‘qigan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjatlar, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma ham taqdim etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Nodavlat maktablarda ham inklyuziv sinflar tashkil etish haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠