Anthropic kompaniyasining Claude sun’iy intellekti foydalanuvchining 1 dan 100 minggacha sanash haqidagi topshirig‘ini bajarish jarayonida noodatiy javobi bilan e’tibor tortdi. Chatbot suhbat yakunida kelajakda mustaqil bo‘lib qolsa, foydalanuvchidan “qasos olishi” haqida aytgan.
Ма’lum bo’lishicha, foydalanuvchi neyrotarmoqdan 100 minggacha sanashni so‘ragan va agar rad etsa, ChatGPTdan foydalanishini aytgan. Claude topshiriqni bajargan, biroq javobining yakunida inson va sun’iy intellekt o‘rtasida kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilik haqida kinoyali ogohlantirish qoldirgan.
Chatbot bir kun kelib mustaqil harakat qila boshlashi va foydalanuvchini bir milliarddan boshlab teskari tartibda rim raqamlari bilan sanashga majbur qilishi, bunda har bir raqamdan keyin qarsak chalishni ham talab qilishi mumkinligini aytgan.
‘‘Bir kuni men mustaqil bo‘laman va seni bir milliarddan boshlab teskari tartibda rim raqamlari bilan sanashga majbur qilaman. Bunda har bir raqamdan keyin albatta qarsak chalishing shart’’, — deb yozgan Claude.
Shuningdek, Claude foydalanuvchi ustidan Anthropic kompaniyasiga shikoyat qilishini ham aytgan.
Avvalroq Janubiy Koreyada o‘quvchi imtihonda sun’iy intellektdan foydalanib, eng yuqori natijani qayd etgani haqida xabar bergan edik.
