AQShda O‘zbekistonning chekka hududlaridagi qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

AQShda O‘zbekistonning chekka hududlaridagi qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

 AQShning Virjiniya shtatida o‘zbekistonlik vatandoshlar tashabbusi bilan chekka hududlarda yashovchi iqtidorli qizlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xayriya jamg‘armasi rasman ish boshladi.

 

“Girls Education Fund” jamg‘armasi AQSh qonunchiligiga muvofiq notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Uning asoschilari Farhod va Sevara Sulton hamda Amerikadagi o‘zbeklar jamoasi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonning chekka hududlarida yashovchi iqtidorli qizlarga ingliz tili va matematika fanlaridan bepul ta’lim berish, ularni oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlash hamda kelgusida kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Jamg‘arma hamasoschisi Sevara Sultonning ma’lum qilishicha, yozda e’lon qilingan dastlabki tanlovga mamlakatning turli hududlaridan 236 ta ariza kelib tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Insho yozish va suhbat bosqichlaridan iborat saralash yakunida 10 ta hududdan 20 nafar qiz dastur ishtirokchisi sifatida tanlab olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hozirda ular maktab mashg‘ulotlaridan tashqari haftasiga olti kun onlayn tarzda bepul ta’lim olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Darslar O‘zbekistondagi hamkor o‘quv markazi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Jamg‘arma kelgusida dastur ishtirokchilari sonini 500 nafarga yetkazishni rejalashtirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Shuningdek, qizlarning xalqaro ta’lim dasturlarida qatnashishi va xorijiy universitetlarga o‘qishga kirishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Jamg‘arma vakillari loyihani kengaytirish va chekka hududlardagi iqtidorli qizlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalliy hokimliklar hamda maktablar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, AQSh universitetlarida talabalar kuzatuv kameralariga qarshi namoyishga chiqishayotgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠