10-noyabr kuni attestatsiyada yuqori natija qayd etgan matematika fani oʻqituvchilari roʻyxati

10-noyabr kuni attestatsiyada yuqori natija qayd etgan matematika fani oʻqituvchilari roʻyxati

Bugun pedagoglar attestatsiyasi doirasida matematika fani oʻqituvchilari uchun malaka sinovlari yakunlandi. Imtihonlarda bir nechta pedagog yuqori natijalarni qayd etdi. Ular orasida 100 ball toʻplagan oʻqituvchi ham bor.

 

Kuni kecha, 9-noyabrdan boshlab matematika fani oʻqituvchilari uchun attesttatsiya sinovlari boshlangan edi. Bugun, 10-noyabr kuni matematika fani pedagoglari uchun oxirgi kun malaka sinovlari boʻlib oʻtdi.

 

Quyida bugungi imtihonlarda yuqori natijalarni qayd etgan oʻqituvchilar roʻyxati bilan tanishing:

 

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani 40-sonli maktab oʻqituvchisi Atabek Sagidullaev — 90 ball;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi Nursultan Erimbetov — 88 ball;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani 12-sonli maktab oʻqituvchisi Maxida Saparbaeva — 88 ball;
  • Xorazm viloyati Hazorasp tumani 53-maktab oʻqituvchisi Najmiddin Xoʻjayev— 94 ball;
  • Xorazm viloyati Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi Muhammadsodiq Olloyorov— 92 ball;
  • Xorazm viloyati Gurlan tumani 41-maktab oʻqituvchisi Hamidjon Abdullayev — 90 ball;
  • Xorazm viloyati Bogʻot tumani 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchisi Toʻlqinbek Olimbayev— 90 ball;
  • Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi Humoyun Yuldashov — 88 ball;
  • Jizzax viloyati Jizzax shahar 19-umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi Oʻrazmetova Mashhura — 90 ball;
  • Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi IM oʻqituvchisi Baxtibayev Qodir — 90 ball;
  • Qashqadaryo viloyati Koson tumani 8-sonli maktab oʻqituvchisi Qodirov Suhrob — 100 ball;
  • Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi 24-sonli maktab oʻqituvchisi Shaxnoza Tursunova — 96 ball;
  • Navoiy viloyati Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi Toʻychiyev Mirtemir — 88 ball;
  • Navoiy viloyati Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchisi Aslonov Faxriddin — 86 ball.

 

Ertaga, 11-noyabr kuni fizika fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlari oʻtkaziladi. Ushbu sinovlarda ishtirok etadigan pedagoglar roʻyxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, attestatsiya sinovlariga jalb qilingan pedagoglar shaxsini tasdiqlovchi hujjat — fuqarolik pasporti yoki ID-karta bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin yetib kelishlari kerak.

 

Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan toʻldirib boriladi.