Ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi qancha? Statistika e’lon qilindi

Ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi qancha? Statistika e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida bog‘chalarda o‘rtacha oylik ish haqi 2,8 mln so‘m, oliy ta’limda esa 11,5 mln so‘mni tashkil etgan. Umumiy o‘rta ta’limda bu ko‘rsatkich 4,8 mln so‘m bo‘lgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda 2026-yil yanvar–sentyabr oylaridagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi.

 

Unga ko‘ra, ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 15,2 ming so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,6 foizga ko‘p.

 

Ta’limning alohida tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqi quyidagicha bo‘lgan:

 

Ta’lim turi O‘rtacha oylik ish haqi
Oliy ta’lim 11 mln 520,5 ming so‘m
Texnik va professional ta’lim 5 mln 351,7 ming so‘m
Umumiy o‘rta ta’lim 4 mln 791,4 ming so‘m
Maktabgacha ta’lim 2 mln 846 ming so‘m

 

Statistikaga ko‘ra, oliy ta’lim sohasidagi o‘rtacha ish haqi umumiy o‘rta ta’limdagidan qariyb 2,4 baravar, maktabgacha ta’limdagidan esa 4 baravardan ko‘proq yuqori.

 

Respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln 274,1 ming so‘mni tashkil etib, bir yil ichida 18 foizga oshgan.

 

Sohalar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida qayd etilgan — 19 mln 712,6 ming so‘m. Eng past ko‘rsatkich esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida bo‘lib, 4 mln 454,2 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln 91,1 ming so‘mni tashkil etgan edi.