2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida 16,5 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33 foizga kam.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 2025-yilning shu davriga nisbatan 8,1 ming nafarga kamaygan.
O‘tgan yilning yanvar–sentyabr oylarida o‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Tojikistonga (5 534 nafar) safar qilgan bo‘lsa, 2026-yilda Rossiya birinchi o‘ringa chiqdi.
Ushbu davrda O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan davlatlar quyidagilar:
- Rossiya — 3 847 nafar;
- Qirgʻiz Respublikasi — 2 809 nafar;
- Koreya Respublikasi — 2 118 nafar;
- Turkiya — 1 818 nafar;
- Xitoy — 1 248 nafar;
- Qozogʻiston — 1 112 nafar;
- Tojikiston — 904 nafar;
- Buyuk Britaniya — 784 nafar;
- Germaniya — 374 nafar;
- AQSH — 231 nafar;
- Boshqa davlatlar — 1 277 nafar.
Avvalroq, O‘zbekistonga ta’lim olish uchun kelayotgan xorijliklar soni qariyb 30 ming nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.
