O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida kelayotgan xorijiy fuqarolar soni sezilarli darajada oshgan. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 30 ming nafar chet el fuqarosi o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-avgust oylarida 29 548 nafar xorijiy fuqaro o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan taqqoslanganda 15,3 ming nafarga ko‘p. Ya’ni, bir yil ichida O‘zbekistonga ta’lim olish uchun kelgan xorijliklar soni 2,1 barobarga oshgan.
Xorijlik talabalar asosan qaysi davlatlardan kelmoqda?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar orasida Turkmaniston fuqarolari eng katta ulushni tashkil etgan.
2026-yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatlar kesimida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etilgan:
- Turkmaniston — 11 986 nafar;
- Hindiston — 6 163 nafar;
- Tojikiston — 2 271 nafar;
- Xitoy — 1 311 nafar;
- Pokiston — 1 252 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 1 028 nafar;
- Misr — 852 nafar;
- Koreya Respublikasi — 732 nafar;
- Filippin — 620 nafar;
- Boshqa davlatlar — 3 333 nafar.
Shunday qilib, ro‘yxatda Turkmaniston fuqarolari yetakchilik qilmoqda. Ularning soni qariyb 12 ming nafarni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston fuqarolari bo‘lib, yanvar-avgust oylarida 6 mingdan ortiq hindistonlik O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan.
Avvalroq, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijlik talabalar soni 15 124 nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
