2026-yilda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijlik talabalar soni 15 ming nafardan oshdi

2026-yilda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijlik talabalar soni 15 ming nafardan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijlik talabalar soni 15 124 nafarni tashkil etgan.

 

Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,5 ming nafarga yoki 2,3 barobarga oshgan.

 

Chet el fuqarolarining kelishi hududlar kesimida quyidagicha taqsimlanadi:

 

  • Turkmaniston — 7 174 nafar
  • Hindiston — 2 835 nafar
  • Tojikiston — 1 170 nafar
  • Xitoy — 641 nafar
  • Qirg‘iz Respublikasi — 483 nafar
  • Pokiston — 438 nafar
  • Misr — 353 nafar
  • Janubiy Koreya — 342 nafar
  • Filippin — 286 nafar
  • AQSH — 191 nafar
  • Boshqa davlatlar — 1 211 nafar

 

Xususan, eng ko‘p kelganlar Turkmanistondan — 7 174 nafar, Hindiston esa 2 835 nafar talabasi bilan ikkinchi o‘rinda. Tojikiston, Xitoy, va Qirg‘iz Respublikasi kabi mamlakatlardan ham O‘zbekistonga ta’lim olish uchun kelganlar soni sezilarli darajada oshgan.

 

Avvalroq, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 2,3 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida Turkiyaga safar qilgani haqida xabar bergan edik.