O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til noyabr oyining ilk haftasida boshlanadi. O‘quvchilar olti kun davomida dam oladi.
Vazirlar Mahkamasining 140-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, umumta’lim maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanib, olti kalendar kun davom etadi.
Shunga ko‘ra, 2026-yilda o‘quvchilar 4–9-noyabr kunlari dam olishi, ikkinchi chorak darslari esa 10-noyabr, seshanba kuni boshlanishi kutilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlash o‘rgatilishi haqida xabar bergan edik.
