Talabalar oʻrtasida biologiya fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro olimpiada oʻtkaziladi

Talabalar oʻrtasida biologiya fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro olimpiada oʻtkaziladi

Joriy yilning 9-13-dekabr kunlari oliygohlar talabalari oʻrtasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro olimpiada tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Gʻoliblar mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida biologiya fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Biology Olympiad (ABIBO) tashkil etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Taʼlim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 499-son qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nizomda oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etishning yangi tartibi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Olimpiadalar uchun nazorat materiallarini ishlab chiqish, iqtidorli talabalar zaxirasini shakllantirish hamda tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish vazirlik huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nizomga koʻra, Oʻzbekiston talabalari ishtirok etishi lozim boʻlgan nufuzli xalqaro olimpiadalar roʻyxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va har yili yangilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun terma jamoalarni saralash, maqsadli tayyorlash va ularning ishtirokini taʼminlash alohida reglament asosida amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Gʻoliblar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Respublika fan olimpiadalari:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

1-oʻrin — talabaga 50 BHM, ustoziga 25 BHM;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2-oʻrin — talabaga 40 BHM, ustoziga 20 BHM;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

3-oʻrin — talabaga 30 BHM, ustoziga 15 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xalqaro olimpiadalar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

1-oʻrin — talabaga 100 BHM, ustoziga 50 BHM;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2-oʻrin — talabaga 75 BHM, ustoziga 40 BHM;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

3-oʻrin — talabaga 50 BHM, ustoziga 30 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, xalqaro olimpiada gʻoliblarini tayyorlagan ustozlarga lavozim maoshining 100 foizi, respublika fan olimpiadasining II bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan ustozlarga esa 50 foizi miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Olimpiada gʻolibi boʻlgan Oʻzbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada 2026-yil 9-13-dekabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Muhim!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O’zbekistonlik yoshlar Koreyada o’tkazilgan xalqaro robototexnika musobaqasida oltin medalni qo’lga kiritib, jahon chempioni bo’ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠