O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi?

O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi?

Prezident Farmoni bilan ikki vazirlik – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklari tugatilib, negizida yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bugun Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan vazirlikka vazir hamda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu vazirlik zimmasiga mamlakatdagi taʼlim tizimining barcha asosiy boʻgʻinlarini — maktabgacha taʼlimdan boshlab umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlimgacha, shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va ilm-fan yoʻnalishlarini yagona boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtirish vazifasi yuklanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xoʻsh, endi Oʻzbekistonda taʼlim boshqaruvi qanday tashkil etiladi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlim va ilm-fan vazirligi — joriy faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Taʼlim sifati, yangi maktablar, bolalar bogʻchalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalash ularning tasarrufidadir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlimni rivojlantirish markazi — taʼlim laboratoriyasi vazifasini bajaradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Markaz mutaxassislari darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, shundan soʻng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Zafar Hoshimov rahbarligidagi guruh — mamlakatdagi oʻn mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Taʼlim sifati va tuzilmasini yaxshilash boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida ichki biznes-jarayonlarni oʻrganadi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident Administratsiyasi — global masalalar – taʼlim sohasida strategiyani ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shugʻullanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠