Adabiyot boʻyicha 2026-yilgi Nobel mukofoti kanadalik yozuvchi Enn Karsonga berildi

Adabiyot boʻyicha 2026-yilgi Nobel mukofoti kanadalik yozuvchi Enn Karsonga berildi

2026-yilgi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti kanadalik shoir va yozuvchi Enn Karsonga berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U klassik adabiy an’analar bilan zamonaviy adabiy shakllarni o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirgan ijodi uchun taqdirlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

8-oktyabr kuni 2026-yilgi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mukofot Enn Karsonga “klassik an’analar bilan erkin muloqotda zamonaviy adabiyot uchun yangi shakllarni yaratgan jur’atli va ijodkorona asarlari uchun” uchun berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Enn Karson 1950-yilda Kanadaning Toronto shahrida tug‘ilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U she’riyat, nasr, esse va tarjimani birlashtirgan ijodi, shuningdek, qadimgi yunon adabiyotidan qilgan tarjimalari bilan tanilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yozuvchining mashhur asarlari qatorida 1998-yilda nashr etilgan “Autobiography of Red” hamda 2019-yilda yaratilgan “Norma Jeane Baker of Troy” bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Birinchi asarda qadimgi yunon mifologiyasidagi Geryon obrazi zamonaviy voqea bilan qayta talqin qilingan bo‘lsa, ikkinchisida Troya malikasi Yelena va Merilin Monro obrazlari bir-biri bilan bog‘langan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Karsonning ijodida filologiyaning so‘zlarga bo‘lgan qiziqishi va shoirning ularga yangi ma’no berishga intilishi uyg‘unlashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U qadimgi yunon adabiyoti asarlarini ham tarjima qilgan bo‘lib, Nobel qo‘mitasi uning tarjimalarini mustaqil adabiy asarlar sifatida ham baholagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, 2025-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnahorkayga berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U “apokaliptik vahima fonida san’at kuchini tasdiqlaydigan ta’sirli va bashoratli ijodi uchun” ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yilgi Nobel mukofotining boshqa yo‘nalishlardagi sovrindorlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha — yorug‘lik bilan boshqariladigan ion kanallari va optogenetikani yaratganligi uchun Karl Dayserot, Peter Hegemann va Georg Nagelga berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Fizika bo‘yicha — IceCube Neutrino observatoriyasiga qo‘shgan hissasi va yuqori energiyali neytrinolarni kashf etgani uchun belgiyalik Frensis Halzenga berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kimyo bo‘yicha — fransuz va yapon olimlariga berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular asimmetrik organik sintezda chiziqli bo‘lmagan effektlar va avtokataliz hodisasini kashf etganlik uchun sovringa loyiq ko‘rildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, Nobel jamg‘armasi 2026-yilda har bir Nobel mukofoti kategoriyasi uchun beriladigan pul mukofotini 1 mln Shvetsiya kronasiga oshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Endilikda laureatlarga har bir kategoriya bo‘yicha 12 mln krona beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠