Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi

Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda taʼlim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Yangi tashkil etilgan Taʼlim va ilm-fan vazirligi oldiga taʼlimni zamon va mehnat bozori talablariga moslashtirish, raqobatni rivojlantirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish hamda sohaning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish vazifalari qoʻyildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, vazirlik faoliyatini joylardagi haqiqiy holatga tayanib tashkil etish, takrorlanuvchi vazifalarni qisqartirish va hududiy boʻgʻinlar masʼuliyatini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Boshqaruvni raqamlashtirish va tahliliy salohiyatni oshirish qarorlarni ishonchli maʼlumotlar asosida qabul qilishga xizmat qilishi taʼkidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Maktabgacha taʼlimda bolani har tomonlama rivojlantirish, dastur va metodikalarni yangilash hamda tarbiyachilar malakasini oshirishga eʼtibor qaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Shuningdek, bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash, taʼlim muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar bildirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Maktab taʼlimida darsliklarni yangilash, oʻquvchilarning bilim va amaliy koʻnikmalarini izchil rivojlantirish hamda ularni baholash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Pedagoglarga metodik yordam koʻrsatishda sunʼiy intellektdan foydalanish, ayrim maktablarda ingliz tilida taʼlim berish tajribasini oʻtkazish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish taklif etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Kasbiy taʼlim boʻyicha yoshlarning qiziqishlarini erta aniqlash, texnikumlar dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish va ularning moddiy bazasini mustahkamlashga alohida ahamiyat berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Korxonalar bilan hamkorlikda dual taʼlimni kengaytirish, xalqaro dasturlar va zamonaviy oʻquv materiallarini joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Oliy taʼlimda universitetlar mustaqilligini kengaytirish, boshqaruv sifatini va rahbarlarning natija uchun masʼuliyatini oshirish taklif qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, yetakchi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, taʼlimni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish va talabalarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Ilm-fan sohasida ilmiy klasterlarni rivojlantirish, universitetlar, laboratoriyalar va korxonalar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga eʼtibor qaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ular asosida yangi mahsulotlar va korxonalar yaratish boʻyicha takliflar taqdim etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Prezident taʼlimning bogʻchadan oliygohgacha boʻlgan barcha bosqichlari yagona vertikal sifatida ishlashi, ayniqsa maktab va universitet oʻrtasidagi uzviylik mustahkamlanishi zarurligini taʼkidlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Mutasaddilarga takliflarni puxta ishlab chiqish vazifasi topshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠