Hukumat qarori bilan endi respublikadagi oliygohlar bitiruvchilarning ishga joylashish ko’rsatkichi, oylik daromadi va bandlik darajasi bilan baholanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 525-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari uchun “Bitiruvchi sifati indeksi” joriy etildi.
Mazkur indeks orqali OTM bitiruvchilarining mehnat bozoridagi natijalari, jumladan:
– bitiruvchilarning bandlik darajasi;
– barqaror bandlik darajasi;
– o‘rtacha oylik daromadi;
– boshqa tegishli ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
Indeks natijalariga ko‘ra OTMlar 3 ta guruhga ajratiladi:
“yashil” guruh — eng yuqori natija ko‘rsatgan 30 foiz;
“sariq” guruh — keyingi 30 foiz;
“qizil” guruh — qolgan 40 foiz.
Shuningdek, indeks natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan OTMlarni moliyaviy rag‘batlantirish nazarda tutilgan. Bunda rag‘batlantirish uchun har bir OTMga 500 mln so‘mgacha mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Indeks maxsus avtomatlashtirilgan raqamli platformada shakllantiriladi va natijalari har yili 1-oktyabrga qadar e’lon e’lon qilib boriladi.
