OTMlar uchun xorijiy mualliflar bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta yangi darslik yaratiladi

OTMlar uchun xorijiy mualliflar bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta yangi darslik yaratiladi

30-sentyabr kuni davlat rahbari “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashdi. Unda oliy ta’lim sifati, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish, universitetlar mustaqilligi va dunyoning TOP-300 universitetlari filiallarini O‘zbekistonda ochish masalalari muhokama qilindi.

 

Xabaringiz bor, prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi hamda murabbiylar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim tizimi hamda o‘quv darsliklari bo‘yicha muammo va takliflarni muhokama qilindi.

 

Tadbirda oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 mingga yetgani, 7 ta oliygoh 17 ta fan bo‘yicha nufuzli xalqaro reytinglarga kirgani haqida ma’lumot berildi. Xususan, universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan.

 

Shu bilan birga, Prezident Shavkat Mirziyoyev rektorlar oldiga keskin savol qo‘ydi:

“Oliygohdagi darsliklarning mazmuni bugungi kun talabiga qanchalik mos?”.

 

So‘ng davlat rahbari bu savolga hozircha ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi.

 

Yigirma ikkita muhandislik oliygohi birlashib, mualliflar jamoalarini tuzishi, xorijlik hamkorlar bilan ishlashi, har yili 25-30 ta yangi o‘quv adabiyotini yaratishi yoki ilg‘or kitoblarni tarjima qilib, moslashtirishi mumkin.

 

Transplantologiya, robot xirurgiyasi, kam invaziv jarrohlik va biomuhandislik jadal rivojlanmoqda. O‘n bitta tibbiyot oliygohi ham shu yo‘nalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar tayyorlashni kechiktirmasligi kerak. Oliygohlar ta’lim sifati va mutaxassislar malakasida hali keskin o‘zgarishi zarur.

 

OTMlar uchun xorijiy mualliflar bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta yangi darslik yaratiladi

OTMlar uchun xorijiy mualliflar bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta yangi darslik yaratiladi

 

Prezident rektorlar oliy ta’lim sifati, mazmuni va natijasi uchun shaxsan mas’uliyat olishi shartligini ta’kidladi. Bundan buyon davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a’zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan iborat bo‘ladi. Kengash a’zolari va jalb etilgan ekspertlarga haq to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

 

Ma’lum qilinishicha, kuzatuv kengashlari mutaxassisliklar va o‘quv dasturlarini mehnat bozori talabiga moslab, to‘liq qayta ko‘rib chiqadi. Xorijiy adabiyotlar mualliflari bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta darslik yaratadi.

 

Shuningdek, bitiruv ishlari va dissertatsiyalar iqtisodiyot tarmoqlaridagi amaliy muammolar yechimiga yo‘naltiriladi. Professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida kreativ klublar tuzilib, xususiy sektor ehtiyojiga mos ilmiy ishlanmalar ko‘paytiriladi.

 

Bundan tashqari, davlat rahbari universitet mustaqilligi ta’lim sifati, ilm-fan va ish beruvchilar bilan hamkorlikda aniq natija berishi kerakligini qayd etdi.

 

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Prezident endi dunyoning eng kuchli 300 universiteti filiallarini tashkil etish asosiy vazifa bo‘lishini ta’kidladi.

 

OTMlar uchun xorijiy mualliflar bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta yangi darslik yaratiladi

 

Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarning laboratoriya va jihozlarga sarflagan mablag‘i, shuningdek, brend uchun to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi. Kampus qurish xarajatining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi, sarmoya qaytishini ta’minlashga xizmat qiladigan davlat granti o‘rinlari ajratiladi.

 

Shu bilan birga, muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt hamda tibbiyot kabi iqtisodiyot uchun muhim sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi.

 

Avvalroq, 2027-yildan “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qilishi haqida xabar berilgandi.