O‘zbekistonda o‘qituvchilarning 70 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil qilmoqda

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning 70 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil qilmoqda

2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida 577,7 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ularning 72,5 foizini ayollar, 27,5 foizini esa erkaklar tashkil etgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 577,7 ming nafarni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ushbu hisob-kitobda o‘rindoshlik asosida ishlayotganlar inobatga olinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu ko‘rsatkich 2024/2025 o‘quv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga ko‘p.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

O‘qituvchilarning aksariyati ayollar

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Jami o‘qituvchilarning 418,8 ming nafari yoki 72,5 foizi ayollarni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Erkak o‘qituvchilar soni esa 158,9 ming nafar bo‘lib, umumiy ko‘rsatkichning 27,5 foiziga teng.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hududlar kesimida o‘qituvchilar soni quyidagicha:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

  • Samarqand viloyati — 65,1 ming nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 65,1 ming nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 60,6 ming nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 52,3 ming nafar;
  • Andijon viloyati — 46,3 ming nafar;
  • Namangan viloyati — 42,6 ming nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40,7 ming nafar;
  • Toshkent viloyati — 40,2 ming nafar;
  • Xorazm viloyati — 35,1 ming nafar;
  • Toshkent shahri — 34,1 ming nafar;
  • Buxoro viloyati — 33,4 ming nafar;
  • Jizzax viloyati — 25,7 ming nafar;
  • Navoiy viloyati — 22,3 ming nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 14,2 ming nafar.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Statistikaga ko‘ra, o‘qituvchilar soni eng yuqori ko‘rsatkichga Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ega bo‘lib, har bir hududda 65,1 ming nafardan pedagog faoliyat yuritmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 ming nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠