Termizda ham bir Damasda 21 nafar bogʻcha bolasi tashilayotgani aniqlandi

Termizda ham bir Damasda 21 nafar bogʻcha bolasi tashilayotgani aniqlandi

Termizda 21 nafar bogʻcha bolasini olib ketayotgan Damas toʻxtatilgan va haydovchiga nisbatan qonuniy chora qoʻllanilgan.

 

Termiz shahrida Damas avtomobilida 21 nafar voyaga yetmagan bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, ular shahardagi xususiy oilaviy bogʻchalardan birining tarbiyalanuvchilari boʻlgan. Avtomobil harakatlanayotgan vaqtda YPX xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.

Haydovchining aytishicha, bolalarni shahardagi 16-sonli bogʻchaga olib ketayotgan boʻlgan. Ayrim bolalarning ota-onalari ularning shu holatda tashilayotganidan xabardor boʻlgan.

 

YPX xodimlari bir nechta yoʻlovchi avtomobilini toʻxtatib, bolalarni bogʻchaga yetkazgan. Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan qonuniy chora koʻrilgan, muassasa mudirasiga esa bunday harakatning mumkin boʻlgan oqibatlari tushuntirilgan.