2028-yildan “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi barcha oliygohlarda amal qiladi

2028-yildan “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi barcha oliygohlarda amal qiladi

Bugungi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda texnikum hamda dual ta’lim tizimiga ham to‘xtalib o‘tildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Qayd etilishicha, kelasi yildan “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, so‘nggi ikki yilda 104 ta texnikumga Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya va Xitoyning xalqaro dasturlari olib kirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 25 ming korxona bilan hamkorlik natijasida 100 mingdan ziyod yosh o‘qish barobarida daromad topish imkoniga ega bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu yildan dual ta’limda kasb o‘rganayotgan yoshlarga 1 million 300 ming so‘mgacha stipendiya to‘lanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu yil 9-sinfni bitirgan 220 ming o‘quvchi texnikumga jalb qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xalqaro dasturlar bosqichma-bosqich barcha texnikumlarga joriy etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning uchun ustalarni tayyorlash va rag‘batlantirish ham kuchaytiriladi: kelasi yildan xalqaro kasb sertifikatiga ega ustaga 50 foiz ustama to‘lanib, sertifikat xarajati to‘liq qoplanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Har yili 500 nafar texnikum ustasi Germaniya, Shveytsariya, Turkiya va Xitoy kabi davlatlarda stajirovka o‘taydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident oliygohlarda dual ta’limni yangicha yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Kelasi yildan “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ish beruvchi o‘ziga kerak nomzodni o‘qitish bo‘yicha oliygohga buyurtma beradi; nomzod testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi. Ishga olingan talabaga to‘langan maoshning yarmini davlat qoplaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Korxona tomonidan biriktirilgan ustozga oliygoh pedagoglar oyligiga teng miqdorda qo‘shimcha haq to‘laydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Korxona oliygoh yoki talaba yashaydigan joydan uzoq bo‘lsa, ijara xarajati qoplanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘qish va ishda yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi kursdan davlat grantiga o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, rektorlar dual ta’lim bo‘limlarini ochadi, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar asosiy vaqtini shu yo‘nalishga ajratadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Tizimni namunali tashkil qilgan uchta eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi va hamkor korxonaning har biri 1 milliarddan 3 milliard so‘mgacha mukofot oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Oliygohga berilgan mukofotning yarmi bu ishga hissa qo‘shgan pedagoglarni rag‘batlantirishga sarflanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga berilishi haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠