Bugun, 30-sentyabr kuni “Yangi Oʻzbekiston” universitetida Prezident oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida pedagoglar uchun yaratilayotgan bir qancha imkoniyatlar haqida soʻz bordi. Jumladan, milliy va xorijiy sertifikat olgan pedagoglarga imtihon xarajati qoplab beriladi.
Shuningdek, milliy sertifikati bor oʻqituvchilarning har oylik maoshiga 50 foiz ustama beriladi.
Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning oʻqituvchilariga toʻgʻridan-toʻgʻri oliy toifa beriladi.
