Pedagoglar uchun bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinadi

Pedagoglar uchun bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinadi

Bugun davlat rahbarining ustoz va murabbiylar bilan bo‘lgan uchrashuvida pedagoglarning malaka oshirish tizimi o‘zgarishi, bir oylik majburiy kurslar o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etilishi ta’kidlandi.

 

Bugun, 30-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Zamon o‘zgaryapti. Bolalarning qiziqishi, dunyoqarashi, axborot olish xususiyati ham o‘zgaryapti. Kecha samara bergan dars usuli bugun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab muallimning muntazam o‘qishi va o‘z ustida ishlashi zarur, – dedi Prezident o‘qituvchilarning malakasi haqida.

 

Pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinadi. Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi.

 

Muallim toifa sinovidagi natijasiga qarab, 18 soatdan 72 soatgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Kursni va malaka oshirish joyini o‘zi tanlaydi.

 

Davlat rahbari bu o‘zgarish malaka oshirishni rasmiyatchilikdan amaliy ehtiyojga aylantirishi kerakligini ta’kidladi.

 

Avvalroq, o‘quvchilar yutuqlari va pedagoglar malakasi bo‘yicha raqamlar e’lon qilinishi haqida xabar berilgandi.