Prezident Andijondagi “Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Andijondagi “Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yo‘li” sanoat zonasi hududida joylashgan “Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi faoliyati bilan tanishdi. Muassasada sanoat korxonalari uchun talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Ikki kunlik safar dasturida hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan.

 

Bugun davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida joylashgan “Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Texnikum “Ipak yoʻli” hududidagi toʻqimachilik, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa yuqori texnologiyali korxonalar uchun talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi.

 

Loyihaning umumiy qiymati 15 million dollarni tashkil etib, toʻliq xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. Natijada 150 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

 

Prezident Andijondagi “Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Andijondagi “Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi faoliyati bilan tanishdi

 

Ma’lum qilinishicha, 4 gektar maydonda 5 ming nafar oʻquvchiga moʻljallangan zamonaviy oʻquv binosi qurib bitkazilgan. Keyingi bosqichda yotoqxona, laboratoriya binosi, sport maydonchasi, oshxona va yashil hudud barpo qilinadi.

 

Muassasada dual taʼlim tizimi joriy etilgan. Oʻquvchilar nazariy bilimlarni texnikumda egallab, amaliyotni sanoat zonasidagi yirik korxonalarda oʻtaydi. Shu tariqa ular oʻqish davridayoq ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan yaqindan tanishadi.

 

Texnikum joriy yil iyun oyida ishga tushirilgan. Hozirda bu yerda 210 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. 2030-yilga qadar yillik qabulni 1 ming 800 nafarga, oʻquvchilarning umumiy sonini esa 4 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarining soni 20 tagacha koʻpaytiriladi.

 

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.