O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga professor-o‘qituvchilar tarkibidagi huquqshunoslik, menejment, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt, sotsiologiya, psixologiya, strategik kommunikatsiyalar hamda ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qilindi.
Akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibiga quyidagi lavozimlar bo‘yicha nomzodlarni ishga qabul qiladi:
1.Huquqshunos — 3 shtat birligi:
- 12.00.02 — “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”;
- 12.00.05 — “Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi”;
- 12.00.12 — “Korrupsiya muammolari”,
- 12.00.08 — “Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosliklari biri bo‘yicha huquqshunos mutaxassis.
2. Menejment —3 shtat birligi:
- 08.00.13 — “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha menejment va inson resurslarini boshqarish mutaxassisi.
3. Axborot texnologiyalari, ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt mutaxassisi — 2 shtat birligi;
- 05.01.02 — “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”;
- 05.01.11 — “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosliklari biri bo‘yicha raqamli boshqaruv, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish mutaxassisi.
4. Sotsiolog — 1 shtat birligi:
- 22.00.01 — “Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi” ixtisosligi bo‘yicha sotsiologiya mutaxassisi.
5. Psixolog — 2 shtat birligi:
- 19.00.03 — “Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (ergopsixologiya)”; 19.00.05 — “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosliklaridan biri bo‘yicha boshqaruv psixologiyasi mutaxassisi.
6. Strategik kommunikatsiyalar, PR va media bo‘yicha mutaxassis 0,5 shtat birligi:
- 10.00.09 — “Jurnalistika” ixtisosligi bo‘yicha strategik kommunikatsiyalar, PR va media mutaxassisi.
7. Ekologiya, iqlim siyosati va barqaror rivojlanish mutaxassisi — 2 shtat birligi:
- 03.00.10 — “Ekologiya”;
- 11.00.04 — “Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya”;
- 11.00.05 — “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” ixtisosliklaridan biri bo‘yicha ekologiya, iqlim siyosati va barqaror rivojlanish mutaxassisi.
Nomzodlardan tegishli mutaxassislik bo‘yicha PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lish, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy va amaliy tajriba, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqish, trening va seminarlar tashkil etish ko‘nikmalari talab etiladi.
Shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarida tegishli yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi. O‘zbek tilini mukammal, ingliz tilini yaxshi bilish maqsadga muvofiq.
Nomzodlar obyektivka (ma’lumotnoma) hamda ilmiy daraja va ilmiy unvonni tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda hr@dsba.uz elektron pochta manziliga yuborishi kerak. Qo‘shimcha ma’lumot uchun ish kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha @bmirzaeva Telegram akkauntiga murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat yuridik universitetida 25 ta vakant lavozim uchun tanlov e’lon qilinganligi haqida xabar berilgan edi.
