O‘zbekistonda 10 yosh va undan katta aholining 97,3 foizi internetdan foydalanmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta aholi ulushi 97,3 foizni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 20,7 foiz punktga oshgan.
Internetdan foydalanuvchilar ulushi yillar kesimida quyidagicha:
- 2021-yil — 76,6 foiz;
- 2022-yil — 83,9 foiz;
- 2023-yil — 89 foiz;
- 2024-yil — 93,3 foiz;
- 2025-yil — 94,6 foiz;
- 2026-yil yanvar–avgust oylarida — 97,3 foiz.
Ma’lumotlar Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari asosida shakllantirilgan.
Avvalroq, oʻzbekistonliklar 7 oyda taʼlim xizmatlariga qancha sarflaganligi ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
