2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 27,2 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 27,2 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim xizmatlari eng katta ulushni egallagan bo‘lib, jami xizmatlarning 41,2 foizi aynan ushbu sohaga to‘g‘ri kelgan.
Taʼlim xizmatlari hajmi hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri — 14,5 trln soʻm;
Samarqand viloyati — 1,7 trln soʻm;
Fargʻona viloyati — 1,7 trln soʻm;
Namangan viloyati — 1,3 trln soʻm;
Andijon viloyati — 1,3 trln soʻm;
Toshkent viloyati — 1,2 trln soʻm;
Buxoro viloyati — 1,1 trln soʻm;
Qashqadaryo viloyati — 972,7 mlrd soʻm;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 771,7 mlrd soʻm;
Surxondaryo viloyati — 712,0 mlrd soʻm;
Xorazm viloyati — 694,1 mlrd soʻm;
Navoiy viloyati — 423,9 mlrd soʻm;
Jizzax viloyati — 361,8 mlrd soʻm;
Sirdaryo viloyati — 357,1 mlrd soʻm.
