Gulistonlik talaba jahon chempioni bo‘ldi

Gulistonlik talaba jahon chempioni bo‘ldi

Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahri belbog‘li kurash bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

 

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston vakili sifatida Sardorbek Axatqulov ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi. Natijada, u 82 kg vazn toifasida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

 

Sardorbek Sirdaryoning Xovos tumanidagi 2-sonli sport maktabi bitiruvchisi hisoblanadi. Hozirda u Guliston davlat pedagogika institutida o’qimoqda.

 

Gulistonlik talaba jahon chempioni bo‘ldi

 

Avvalroq, buxorolik 10-sinf o’quvchisi Osiyo chempioni bo’lgani haqida xabar bergan edik.