Buxorolik 10-sinf o‘quvchisi Osiyo chempioni bo‘ldi — viloyat MMTB

Buxorolik 10-sinf o‘quvchisi Osiyo chempioni bo‘ldi — viloyat MMTB

Joriy yilning 1–5-avgust kunlari Janubiy Koreya Respublikasining Geosan shahrida kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik yosh sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishgan.

 

 

Chempionatda Shofirkon tumanidagi 40-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi O‘g‘iloy Mansurova ham ishtirok etib, 40 kg vazn toifasida Osiyo chempioni bo‘ldi.