Pedagogik attestatsiyaga tayyorlanayotganlar uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi. Talabgorlar endilikda malaka sinovlariga tayyorgarlik jarayonida ushbu adabiyotlardan foydalanishlari mumkin.
Pedagogik attestatsiyaga tayyorlanayotganlar uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi xabar berdi.
Sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasida tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati ushbu markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan.
‘‘Mazkur adabiyotlar ro‘yxati orqali talabgorlar malaka sinovlariga tayyorgarlik jarayonida foydalanishlari mumkin. Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega’’ – deyiladi markaz xabarida.
Batafsil ma’lumot va adabiyotlar ro‘yxatini yuklab olish uchun quyidagi havolani bosing – havola
Avvalroq pedagog kadrlar malaka toifasini olish uchun necha ball to‘plashi zarurligi haqida ma’lum qilingan edi.
Shuningdek, pedagoglar attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi sayt orqali bajarishlari mumkin: https://sinovtest.uz/
