Oliy Majlis Senati “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladi.
Qonunchilik palatasi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilgandi. Loyiha 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisini joriy etishni nazarda tutadi. Hujjat Senat ko‘rib chiqishiga yuborilgandi.
Shundan so‘ng, O‘zA xabariga muvofiq Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi dastlabki tarzda muhokama qilingandi.
Bugun Senatning 19-yalpi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonunni maʼqulladi.
Unga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf quyidagicha o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan:
- G‘ g‘ → Ğ ğ
- O‘ o‘ → Ö ö
- Sh sh → Ş ş
- Ch ch → Ç ç
Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada qoladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha hamda ko‘rsatkichlaridan esa ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonunning qabul qilinishi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va imlo qoidalarini takomillashtirish, davlat tilidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, oʻzbek tilini raqamlashtirish jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
