Yana bir nechta OTM super-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi

Yana bir nechta OTM super-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi
Yana bir nechta OTM super-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi

Bir qancha davlat oliygohlari 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt — super-kontrakt miqdorlarini e’lon qilinmoqda. Hozircha ayrim OTMlarda super-kontrakt narxlari 22,2 mln so‘mdan boshlanib, 269,9 mln so‘mgacha etib belgilangan.

 

2026/2027-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq kamida 56,7 ball olgan va asosiy qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi mumkin.

 

Bunda super-kontrakt miqdori abituriyentning asosiy qabul chegarasiga qancha ball yetmaganiga qarab belgilanadi:

 

  • 1,05 ballgacha yetmaganlar — bazaviy kontraktning 1,5 baravari;
  • 1,06–2,05 ballgacha yetmaganlar — 2 baravari;
  • 2,06–3,05 ballgacha yetmaganlar — 2,5 baravari;
  • 3,06–4,05 ballgacha yetmaganlar — 3 baravari miqdorida kontrakt to‘laydi.

 

Shuningdek, asosiy qabul chegarasiga 4,06 ball va undan ko‘proq yetmagan, biroq belgilangan minimal balldan yuqori natija qayd etgan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorini OTM rektori mustaqil belgilaydi.

 

Hozircha e’lon qilingan super-kontrakt miqdorlari:

 

  • Toshkent davlat yuridik universiteti — 97,6 mln so‘mdan 269,9 mln so‘mgacha;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 4 baravaridan 7 baravarigacha;
  • Namangan davlat pedagogika instituti — 22,9 mln so‘mdan 31,9 mln so‘mgacha;
  • Namangan davlat universiteti — 3,5 baravardan 12 baravargacha;
  • Andijon davlat universiteti — 4 baravardan 6 baravargacha;
  • Andijon davlat pedagogika instituti — 4 baravardan 6 baravargacha;
  • Andijon davlat chet tillari instituti — 4 baravardan 5 baravargacha;
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali — 22,2 mln so‘mdan 48,1 mln so‘mgacha;

 

  • “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 6 baravardan 20 baravargacha.

Yana bir nechta OTM super-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi

 

Boshqa davlat OTMlari ham 2026/2027-o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini bosqichma-bosqich e’lon qilmoqda.

 

Super-kontrakt bo‘yicha tartib Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan belgilangan.

 

Avvalroq, JIDUda 2026/2027-o‘quv yili uchun kontrakt va super-kontrakt miqdorlari tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.