Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘qishning yangilangan to‘lov-kontrakt miqdorlari, shuningdek, qo‘shimcha qabul uchun oshirilgan to‘lov-kontrakt summalari tasdiqlandi.
Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Kuzatuv kengashi qarori bilan yangi o‘quv yili uchun shartnoma asosida o‘qitishning to‘lov miqdorlari belgilandi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar berdi.
To‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagicha:
Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida to‘plagan bali tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlarni JIDUga qo‘shimcha qabul qilish uchun oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ham tasdiqlangan.
Universitetning qo‘shimcha qabul qilish uchun tasdiqlangan oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida quyidagicha:
Ma’lumot uchun, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2026-yil 31-oktyabrgacha, shu kuni ham, to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma taqdim etiladi.
Avvalroq, joriy yilda ham tibbiyot yo‘nalishlariga super-kontrakt asosida qabul amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.


