Joriy yilda tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt tartibi o‘zgarmaydi. Kelasi yildan esa undan foydalanish uchun maksimal ballning kamida 70 foizini, ya’ni 132,3 ballni to‘plash talabi joriy etilishi mumkin. Mazkur o‘zgarish hozircha loyiha maqomida.
Ma’lum qilinishicha, bu yil tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt bo‘yicha o‘tgan yilgi tartib o‘zgarishsiz qoladi. Ya’ni, talabgorlar amaldagi tartib asosida super-kontrakt imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
Biroq kelgusi yildan tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt asosida o‘qishga kirish talablari o‘zgarishi mumkin. Hozircha bu tartib loyiha maqomida. Unga ko‘ra, abituriyent super-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun maksimal ballning kamida 70 foizini to‘plashi talab etilishi mumkin.
Tibbiyot yo‘nalishlarida maksimal ball 189 ball ekanini hisobga olsak, uning 70 foizi 132,3 ballni tashkil qiladi.
Shunday qilib, taklif tasdiqlansa, kelasi yildan tibbiyot yo‘nalishida super-kontraktga da’vogarlik qilish uchun kamida 132,3 ball to‘plash talab qilinishi mumkin.
Mart oyida 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot yo‘nalishlarida ‘‘Super-kontrakt’’ni bekor qilishni nazarda tutuvchi loyiha muhokamaga qo‘yilgan edi.
