KIUT bitiruvchilarining 82,1 foizi ish bilan band ekanligi ma’lum bo’ldi

KIUT bitiruvchilarining 82,1 foizi ish bilan band ekanligi ma’lum bo’ldi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalarida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bitiruvchilarining mehnat bozoridagi ko‘rsatkichlari ham aks etdi. Universitet bo‘yicha tahlil qilingan 14 246 nafar bitiruvchining 82,1 foizi ish bilan band ekani, ularning o‘rtacha ishga joylashish muddati esa 2 oy 10 kunni tashkil etgani qayd etilgan.

 

26-avgust kuni Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishi, bandlik barqarorligi, rasmiy daromadi va mehnat bozoriga chiqish tezligi bo‘yicha tahlil natijalari taqdim etildi.

 

Shuningdek, mazkur ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi Bitiruvchilar sifati indeksi platformasi ham taqdim qilindi.

 

Tahlil 2025-yil 1-iyuldan 2026-yil 30-iyungacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Respublika miqyosida 170 ta oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan 249 432 nafar bitiruvchining mehnat bozoridagi natijalari o‘rganilgan.

 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bitiruvchilarining 82,1 foizi band

 

Platformadagi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bo‘yicha 14 246 nafar bitiruvchi tahlil qilingan. Ularning 11 700 nafari band, 2 544 nafari hozircha ishsiz, 591 nafari ta’limni davom ettirmoqda. 3 205 nafari esa bola parvarishi ta’tilida hisoblanadi.

 

KIUT bitiruvchilarining 82,1 foizi ish bilan band ekanligi ma'lum bo'ldi

 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bitiruvchilarining o‘rtacha rasmiy ish haqi 5 mln so‘mni tashkil etgan. Bu respublika bo‘yicha qayd etilgan 4,9 mln so‘mlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori.

 

Bitiruvchilarning uchdan biridan ko‘pi bir oy ichida ishga joylashgan

 

KIUT bo‘yicha yana bir ko‘rsatkich — bitiruvchilarning ishga joylashish tezligi. Platformada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bitiruvchilarning o‘rtacha ishga joylashish muddati 2 oy 10 kunni tashkil qilgan.

 

Jumladan, 5 072 nafar bitiruvchi yoki 35,6 foizi bir oy ichida ishga joylashgan.

 

Shuningdek:

 

  • 918 nafar — 3 oy ichida;
  • 805 nafar — 6 oy ichida;
  • 4 626 nafar — 12 oy ichida ishga joylashgan.

 

Universitet bitiruvchilarining 43,7 foizi barqaror bandlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan.

 

KIUT bitiruvchilarining 82,1 foizi ish bilan band ekanligi ma'lum bo'ldi

 

Bitiruvchilar sifati indeksi qanday hisoblanadi?

 

“Bitiruvchilar sifati indeksi” oliy ta’lim muassasalarini faqat ta’lim jarayoni emas, balki bitiruvchilarning keyingi mehnat bozoridagi natijalari orqali ham baholash imkonini beradi.

 

Indeksda bitiruvchilarning ishga joylashish tezligi, bandlik darajasi, bandlikning barqarorligi va daromadi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. Ma’lumotlar HEMIS, soliq, mehnat va boshqa davlat axborot tizimlari bilan integratsiya orqali shakllantirilgani ma’lum qilingan.

 

KIUTda ta’lim va amaliyot imkoniyatlari

 

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ayni paytda 48 ta bakalavriat yo‘nalishi va 2026/2027-o‘quv yili uchun 36 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati mavjud.

 

Universitetda talabalar xalqaro tajriba orttirishi va o‘qishni xorijda davom ettirishi uchun ham imkoniyatlar yaratilgan. KIUT Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik doirasida talabalar qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv hamda xorijiy universitetlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.

 

Jumladan, 2+2 qo‘shma diplom, transfer va exchange dasturlari orqali talabalarning xorijda ta’lim olish imkoniyatlari haqida Talimxabarlari.uz avvalroq batafsil ma’lumot bergan edi.

 

KIUT bitiruvchilarining 82,1 foizi ish bilan band ekanligi ma'lum bo'ldi

 

KIUTning Toshkentdagi kampusidan tashqari Namangan va Samarqand shaharlarida ham filiallari mavjud. Universitet davlat litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi.

 

Xususiy oliy ta’lim muassasalarida litsenziya masalasi bilan qiziqayotganlar uchun esa Talimxabarlari.uz’da litsenziyaning haqiqiyligini license.gov.uz orqali tekshirish tartibi ham tushuntirilgan.

 

Ayni paytda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Hujjatlarni onlayn tarzda admission.kiut.uz platformasi orqali topshirish mumkin.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

 

Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Instagram: instagram.com/kiut.official
Facebook: facebook.com/kiut.official
YouTube: youtube.com/@kiut.official
Qabul platformasi: admission.kiut.uz
Tel: +998 78 129 40 40