Toshkentdagi OTMlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

Toshkentdagi OTMlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliygohlarda 1-smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

 

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi. Mazkur tartib poytaxtdagi transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirish hamda ta’lim jarayonini maqbul tashkil etishga qaratilgan.

 

Xususan, darslarning ertaroq boshlanishi talabalar va professor-o‘qituvchilarning harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, kun davomida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda shahardagi transport oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv kunini to‘g‘ri rejalashtirish, mashg‘ulotlar va boshqa o‘quv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari so‘ralgan.

 

Ta’lim tashkilotlarida o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, o‘quv jarayonini tegishli ravishda tashkil etish va talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi smenasidagi o‘quv mashg‘ulotlariga taalluqlidir.

 

Avvalroq, oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish