Toshkentdagi OTMlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

Toshkentdagi OTMlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliygohlarda 1-smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur tartib poytaxtdagi transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirish hamda ta’lim jarayonini maqbul tashkil etishga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, darslarning ertaroq boshlanishi talabalar va professor-o‘qituvchilarning harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, kun davomida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda shahardagi transport oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv kunini to‘g‘ri rejalashtirish, mashg‘ulotlar va boshqa o‘quv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari so‘ralgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim tashkilotlarida o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, o‘quv jarayonini tegishli ravishda tashkil etish va talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi smenasidagi o‘quv mashg‘ulotlariga taalluqlidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠