Yetarli ball to‘play olmagan talabalar super-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishi mumkin

Yetarli ball to‘play olmagan talabalar super-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishi mumkin

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus sinovlarda o‘tish balini to‘play olmagan talabalar qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirishlari mumkin.

 

2026-yil 19–20-avgust kunlari xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabalar uchun maxsus test sinovlari o‘tkazildi. Bugun ushbu sinovlarning natijalari e’lon qilindi.

 

Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qaroriga ko‘ra, sinov natijalarga asosan o‘tish baliga teng yoki undan yuqori ball to‘plagan talabalar o‘qishini tegishli ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirishlari mumkin.

 

O‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar esa arizasiga ko‘ra qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirish imkoniyatiga ega.

 

Bunda ballari bakalavriatga kirish uchun belgilangan minimal balldan kam bo‘lmagan va o‘tish baliga 4 ballgacha yetmagan talabalar uchun qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori quyidagicha belgilanadi:

 

  • 1,05 ballgacha yetmaganlar — bazaviy kontraktning 1,5 baravari;
  • 1,05–2,05 ballgacha yetmaganlar — 2,0 baravari;
  • 2,05–3,05 ballgacha yetmaganlar — 2,5 baravari;
  • 3,05–4,05 ballgacha yetmaganlar — 3,0 baravari.

 

Shuningdek, minimal balldan kam bo‘lmagan, biroq o‘tish baliga 4 balldan ortiq yetmagan va o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan talabalar ham tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishlari mumkin.

 

Buning uchun birinchi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt summasining kamida 50 foizi to‘lanishi lozim. Shundan so‘ng talaba OTM rektori yoki direktori buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

 

Avvalroq, vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlangani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish