Minimal 56.7 balldan past natijaga erishgan abituriyentlar super kontrakt qila oladimi?

Minimal 56.7 balldan past natijaga erishgan abituriyentlar super kontrakt qila oladimi?

Joriy yilda minimal oʻtish ballidan past natija qilgan abituriyentlarga super kontrakt qilish imkoniyati berilmaydi, endi super kontraktda oʻqish uchun ham 56.7 balldan yuqori natija talab etiladi.

 

2017-yildagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan kirish imtihonlari natijalariga koʻra, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan (hozirda 56,7 ball) kam ball toʻplagan abituriyentlarga birinchi oʻquv yiliga amaldagi oshirilgan toʻlov-kontraktning taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi berilgandi.

 

 

Yaʼni oʻtgan yillardagi qabulda 56,7 dan kam ball toʻplagan abituriyentlar ham eng yuqori super kontrakt summasining 2 barobar miqdorida toʻlov qilib, oʻqishga kirishga ruxsat berilgan. Masalan, super 100 mln boʻlsa, buning 2 barobar qiymati 200 mln toʻlov qilib, oʻqish mumkin edi.

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori bilan ushbu tartib bekor bekor qilindi.

 

Yangi tartibga koʻra, kirish imtihonlarida toʻplagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qoʻshimcha qabul asosida qabul qilinmagan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt) asosida oʻqishga kirish huquqi beriladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish