IOI 2026: O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro informatika olimpiadasida tarixiy natijani qayd etdi

IOI 2026: O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro informatika olimpiadasida tarixiy natijani qayd etdi

Toshkent mezbonlik qilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston vakillari 1 ta kumush, 3 ta bronza medal va 1 ta Honorable mention’ni qo‘lga kiritdi.

 

90 dan ortiq davlatdan yosh dasturchilar qatnashgan IOI 2026 da O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi.

 

Musobaqada Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Jaxonali Xaydaraliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

 

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Jahongirshoh Avazxonov, Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Timur Kadirbergenov hamda Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Ulug‘bek Rahmatullayev bronza medal bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek, Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sardorbek Salimov esa Honorable mention (faxriy e’tirof)ga sazovor bo‘ldi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri mazkur o‘quvchilarni tabriklab, ularning kelgusida jahon IT sohasida O‘zbekiston nomini yuksaklarga ko‘taradigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.

 

Poytaxtimiz mezbonlik qilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) terma jamoamiz o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgani barchamizga cheksiz g‘urur bag‘ishlaydi. 90 dan ortiq davlat yoshlari bellashgan ushbu nufuzli musobaqada o‘quvchilarimiz 1 ta kumush, 3 ta bronza medali va 1 ta Honorable mention qo‘lga kiritishdi. Bu – davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng sharoitlar hamda iqtidorli farzandlarimizning jahon maydonida hech kimdan kam emasligining yorqin isbotidir.

Yurtimiz sha’nini munosib himoya qilgan oʻquvchilarimiz — Jaxonali Xaydaraliyev (kumush), Jahongirshoh Avazxonov, Timur Kadirbergenov, Ulug‘bek Rahmatullayev (bronza) hamda Sardorbek Salimov (Honorable mention) tomirida algoritm asoschisi boʻlgan buyuk bobokalonlarimizning qoni oqayotganini amalda namoyon etishdi. Biz sizlarning yutug‘ingiz bilan faxrlanamiz va kelgusida jahon IT sohasida O‘zbekiston nomini yuksaklarga ko‘taradigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga ishonamiz! — dedi vazir.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

 

Avvalroq, Pavel Durov Toshkentda o‘tkazilayotgan IOI-2026 sovrindorlariga maxsus mukofot berishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish