Pavel Durov Toshkentda o‘tkazilayotgan IOI-2026 sovrindorlariga maxsus mukofot berishini ma’lum qildi

Pavel Durov Toshkentda o‘tkazilayotgan IOI-2026 sovrindorlariga maxsus mukofot berishini ma’lum qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov Toshkentda o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI-2026) sovrindorlarini maxsus raqamli kolleksiyalar bilan taqdirlashini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ U olimpiadaning O‘zbekistonda — Muhammad al-Xorazmiy vatani bo‘lgan yurtda o‘tkazilayotganini ham alohida qayd etgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bugun, 10-avgust kuni telegram asoschisi Pavel Durov o‘z sahifasida bugun Toshkentda start olgan IOI 2026 haqida post qoldirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Uning ma’lum qilishicha, olimpiadada sovrinli o‘rinlarni egallagan 235 nafar o‘quvchiga “Algorithm Cups” nomli eksklyuziv raqamli kolleksiyalar taqdim etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Mukofotlarning umumiy qiymati kamida 117 ming dollarni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Telegram asoschisi IOI-2026 dunyoning eng iqtidorli yosh dasturchilarini bir maydonda jamlayotganini ta’kidlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, u olimpiadaning aynan O‘zbekistonda o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratib, Muhammad al-Xorazmiy nomini tilga olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Durovning qayd etishicha, “algorithm” so‘zi ham Al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Durovning yozishicha, Telegram jamoasining ko‘plab a’zolari ham avval Xalqaro informatika olimpiadalarida medallarni qo‘lga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

IOI-2026 Toshkentda 3–10-avgust kunlari o‘tkazilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Olimpiadada dunyoning turli mamlakatlaridan yosh dasturchilar ishtirok etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠