“Perevod” imtihon sanalari eʼlon qilindi

“Perevod” imtihon sanalari eʼlon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga «perevod» qilish bo’yicha imtihon sanalari e’lon qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

1-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

1-smenada 07:30 ga qadar;
2-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan – jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠